Anjumanlar, seminarlar, ko`rgazmalar

Tanlovlar

“Eng yaxshi monografiya muallifi” tanlovi

 Universitetda 2014-yildan beri “Eng yaxshi monografiya muallifi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Quyidagilar mazkur tanlovning 2016-yildagi g‘oliblari hisoblanadi:

  1. “Davlat-huquqiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha - Davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi o‘qituvchisi Alimov Botu Babirovich “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimida Prezident va Vazirlar Mahkamasi munosabatlari” nomli monografiyasi uchun;
  2. “Jinoyat-huquqiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha - Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamalova Dildora Gayratovna “Jinoyat sodir etish bosqichlari” nomli monografiyasi uchun;
  3. “Fuqarolik-huquqiy fanlari” yo‘nalishi bo‘yicha - “Xalqaro tijorat (xususiy) huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musayev Bekzod Tursunboyevich “Xalqaro xususiy mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish” nomli monografiyasi uchun.

Tadqiqot loyihalari

2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetida 11 ta amaliy tadqiqotlar loyihalari amalga oshirilmoqda:

A2-84 – Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari (loyiha rahbari – y.f.n. Y.S.Kanyazov);

A-2-107 – Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida mehnat qonunchiligini qo‘llash amaliyotini takomillashtirish muammolari (loyiha rahbari – y.f.n. M.Y.Gasanov);

A-2-074-Ko‘chmas mulkning huquqiy rejimini takomillashtirish (loyiha rahbari – y.f.n., dots. V.Y.Ergashev);

A-2-115 – Sud-huquq sohasini isloh qilish hamda jinoyat qonunini liberallashtirish sharoitida jazo tizimini isloh qilish muammolari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. Q.R.Abdurasulova);

A-2-068 – Tadbirkorlik faoliyatida nomlanmagan va aralash shartnomalarni qo‘llashning ilmiy-nazariy va amaliy muammolari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. R.D.Ro‘ziyev);

A2-018 – Fuqarolik va xo‘jalik sud ishlarini yuritish bo‘yicha protsessual hujjatlar va ularni rasmiylashtirishning nazariy-amaliy masalalari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. Z.N.Esanova);

A-2-102 – Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirishning konseptual masalalari (loyiha rahbari – y.f.n., dots. S.M.Raxmonova);

A-2-106 – Jinoyat ishlari yuritishda sud faoliyatining samaradorligini ta’minlash mexanizmi (loyiha rahbari – y.f.n., prof. U.A.Tuxtasheva);

A-2-020 – Jinoyat-protsessual shaklni differensiyalash - milliy ijtimoiy-huquqiy identifikatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. F.M.Muxitdinov);

KA-2-001 – Tibbiyot huquqida implementatsion mexanizmni takomillashtirish (loyiha rahbari – N.E.Gafurova);

Bitta yosh olimlar amaliy tadqiqotlar loyihasi:

YA-2-019 – O‘zbekistonda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari (loyiha rahbari – y.f.n. N.M.Qo‘shayev)