Kirish so‘zi

Hurmatli do‘stlar!

Men sizlarni Toshkent davlat yuridik universiteti – asosiy davlat oliy ta’lim va “yurisprudentsiya” ixtisosligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ilmiy-metodik muassasasining rasmiy saytida ko‘rishdan xursandman.

Universitetning o‘quv jarayoniga ta’lim dasturlari asosida umumtan olingan xalqaro ta’lim standartlari va talablar inobatga olingan holda tayyorlangan hamda talabalarda analitik qobiliyatni, tizimli tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishning modul tizimi tashkil qilingan.

Hozirgi kunda universitet tomonidan fuqarolik jamiyati qurishning hamda bakalavriat va magistraturaning, shuningdek, doktoranturaning zamonaviy xalqaro standartlari darajasiga, mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga javob beradigan yuksak malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirilmoqda.

Universitetning dinamik rivojlanishi, ilmiy salohiyati talabalarimizga zamonaviy va sifatli ta’lim olish, pedagog va ilmiy kadrlarga esa davlat qurilishi va boshqaruvi huquqi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning eng dolzarb muammolarini, bu sohadagi xalqaro tajribani o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish imkonini beradi.

Universitetda nafaqat kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha, balki shaxsning barkamol har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jamiyatdagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bizning bitiruvchilarimizga hamisha jamiyatda ehtiyoj yuqori va ular davlat va xalqimiz uchun munosib xizmat qilishlariga shubha yo‘q.

Sizlarni hamkorlikka taklif qilamiz. Biz sizlarni Toshkent davlat yuridik universitetida ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori  Y. Kanyazov