Bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha mutaxassislik yo‘nalish dasturlari

Hozirgi kunda TDYUda yuridik kadrlarni tayyorlash quyidagi soha mutaxassislik bo‘yicha amalga oshiriladi:

 Davlat-huquqiy faoliyat – soha mutaxassislik ta’lim dasturining maqsadi talabalarda huquqiy fanlarga oid sohalarda bilimni shakllantirish hamda  davlat boshqaruvida huquqni qo‘llash sohasida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Mazkur yo‘nalishda talabalar davlat hokimiyatini tashkil etish va tizimiga oid masalalarni, ijro hokimiyati organlarining faoliyat prinsiplarini, shuningdek, ma’muriy-huquqiy munosabatlarni va boshqa masalalarni o‘rganadilar.

Mazkur soha mutaxassislik doirasida talabalar davlat-huquqiy munosabatlar sohasida tizimli tahlil o‘tkazish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishni, mazkur soha mutaxassislikda boshqaruv qarorlarini qabul qilish masalalarini nazarda tutadi.

Ushbu soha mutaxassislik davlat hokimiyati organlariga tegishli ijro apparatining turli xil bo‘g‘inlarida va boshqaruvida (vazirliklar, davlat qomitalari, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida va boshqalarda) faoliyat yuritish uchun mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.

 Fuqarolik-huquqiy faoliyat – mazkur soha mutaxassislikni maqsadi talabalarda fuqarolik-huquqiy, mehnat, uy-joy, oilaviy-huquqiy munosabatlarni, shuningdek, mulk huquqi va boshqa mol-mulk huquqlari bilan bog‘liq munosabatlarni, intellektual faoliyat natijalari, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish huquqlari, shuningdek, fuqarolarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari himoyasi bilan bog‘liq munosabatlar sohasida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Mazkur soha mutaxassislik doirasida fuqarolik-huquqiy munosabatlar sohasida qonunlarni tizimli tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va huquqni qo‘llash amaliyotini rivojlantirish, amaliyotda vujudga keladigan muammoviy munosabatlarni huquqni qo‘llash orqali tartibga solishning shakl va metodlari ustida ishlash, protsessual hujjatlar, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq rasmiy hujjatlar tayyorlay bilishni nazarda tutadi.

Mazkur soha mutaxassislik fuqarolik, xo‘jalik sudlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik bo‘linmalarida, advokatlik, notarial sohalarda faoliyat yuritish uchun mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.

 Jinoiy-huquqiy faoliyat mazkur soha mutaxassislikni maqsadi talabalarda jinoyat huquqi fani va tizimi, jinoyat qonunchiligi strukturasi, jinoyatlar tarkibi va ularning kvalifikatsiyasi, dalillar nazariyasi, jinoiy javobgarlik, sud va huquqni muhofaza qilish organlari, prokuror nazorati, ijro ishini yuritish asoslari to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish. Soha mutaxassislikni vazifasi esa talabalarda jinoyatlarni ochish, tergov o‘tkazish va jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, sudlarda fuqarolarning huquq va majburiyatlarini himoya qilishni amalga oshirish hamda davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy faoliyatda kriminalistik metodlardan foydalanish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalish doirasida talabalarda jinoiy-huquqiy normalar asosida tizimli tahlil o‘tkazish metodlarini shakllantirish, jinoyat protsessual faoliyat, huquqni qo‘llash amaliyoti, protsessual hujjatlarni, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq rasmiy hujjatlarni tayyorlash konikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ushbu soha mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar uz ish faoliyatlarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda (prokuratura organlari, shu jumladan harbiy prokuratura, ichki ishlar organlari, bojxona organlari, surishtiruv organlari va h.k.) amalga oshiradilar.

 Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi) – mazkur soha mutaxassislik talabalarda tadbirkorlik, investitsiya faoliyatining, biznesda uchraydigan korporativ munosabatlar va boshqa tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi sohasida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Ushbu soha mutaxassisligida talabalarga tadbirkorlik, investitsiya, bank, moliya faoliyati sohasi, soliq va bojxona munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotida qonunchilikni tizimli tahlil qilish ko‘nikmalarini singdirish nazarda tutadi.

O‘qitish jarayonida yuristning protsessual hujjatlarni (da’vo arizasi, qaror, ajrim va boshqalar) tayyorlash bo‘yicha amaliyot ishlari shakllari va usullari hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning iqtisodiy-huquqiy masalalari bo‘yicha axborot-tahlil materiallari tayyorlanadi.

Mazkur doirada xo‘jalik ishlari bo‘yicha sudlarda, soliq va bojxona organlarida, tijorat tashkilotlarining yuridik bo‘linmalarida, shu jumladan xo’jalik yurituvchi subyektlar, kompaniyalar, transmilliy korporatsiyalar, chet el korxonalari va boshqalarda ishlash uchun mutaxassislar tayyorlanishi nazarda tutilgan.

 Xalqaro-huquqiy faoliyat – mazkur soha mutaxassisligida talabalarda xalqaro shartnomalar, xalqaro tashkilotlar faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni xalqaro-huquqiy tartibga solinishi, xalqaro huquqda javobgarlik, investorlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy usullari hamda xorijiy davlat va xalqaro arbitraj sudlarida davlat manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Mazkur yo‘nalish doirasida sud organlarida, tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari bo‘linmalarida hamda respublikaning xorijdagi vakolatxonalarida ishlash uchun mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutadi.