O’quv-uslubiy boshqarma

Umumiy ma'lumot

O'quv-uslubiy boshqarma davlat oliy ta'lim muassasasi bo'lmish Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi.

Boshqarma o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralarining huquqiy aktlariga, ijro hokimiyatining aktlariga, davlat siyosatini ishlab chiqishni amalga oshiruvchi funksiyalar va ta'lim sohasini me'yoriy-huquqiy boshqarishga, universitet Nizomi, Kengash qarorlari, universitet rektorining buyruqlariga tayanadi.

O'quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari universitetning ta'lim va o'quv-uslubiy faoliyatini rejalashtirish, tashkil qilish va nazoratini olib borish, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning joriy qilinishi ustidan nazorat qilish, professor-o'qituvchilar tarkibining rejalashtiriladigan o'quv yuklamalarini hisob-kitob qilish va ularning ijrosini tekshirib borish, o'qitish sifatini nazorat qilish, o'quv jarayoniga turli texnologiyalarni joriy qilish samaradorligini tahlil qilish, yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish bo'yicha davlat attestatsiya komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat yuritishini ta'minlash shuningdek, imtihonlar sifatini va talabalarda mustaqil ish ko'nikmalarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

“Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilimini baholashning mezonlari va ularni nazorat qilish tartibi” haqidagi (2016 yil 22 apreldagi, ro'yhatga olingan raqami 2780) qarorga muvofiq semestr davomida modullar bo'yicha talabalar bilimini baholash baho mezonlari va ularni nazorat qilish jadvallariga asosan amalga oshiriladi. Nazorat jadvallari O'quv-ulubiy boshqarma tomonidan o'quv ishlari bo’yicha prorektori bilan kelishgan holda kafedralardan olingan o'quv va kalendar-tematik rejalar asosida tuziladi.