Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Xorijiy tillar” kafedrasi 

Shiorimiz: “One language sets you in a corridor for life. Two languages open every door along the way.” 

Bizning maqsadimiz:

Zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda xorijiy tillarni talabalarga samarali va maqsadga muvofiq ravishda o‘rgatish bilan birga xorijdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda ularning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan doimiy netvorking (Networking) tizimini yo‘lga qo‘yish, soha ekspertlari bilan seminar, trening va o‘quv kurslarini tashkil etishdir.

 Ayni paytda kafedra Shanxay universiteti, Toshkentdagi Yodju Texnika instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Angliyaning “Global Legal English” firmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Kafedra faoliyatining asosiy vazifalari:

– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;

– talabalarda o‘qish, eshitish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– umumiy va yuridik ingliz tili bo‘yicha yangi terminlar orqali ingliz tilini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish;

– ingliz tilida qonun hujjatlari bilan tanishtirish hamda o‘rganilgan bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish;

– xalqaro miqyosdagi hujjatlar, qonunlarni til nuqtai nazaridan tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish;

– talabalarni bo‘lajak yuristlar va amaliyotchi yuristlarning ish faoliyatida ingliz tilida aniq, to‘g‘ri, ravon va ishonch bilan gapira olish ko‘nikmasini baholash imtihoni bo‘lgan TOLES imtihoniga tayyorlashdan iborat.

Bizning fanlar:

Bakalavriatda 5 ta fan:

– Yuristlar uchun ingliz tili (asosiy);

– Yuristlar uchun nemis tili (asosiy);

– Yuristlar uchun fransuz tili (asosiy);

– Legal English advanced (tanlov);

– Ingliz tili;

Magistraturada 1 ta fan:

– Legal drafting (tanlov);

Ilmiy salohiyat

2020 – 2021 o‘quv yili boshiga kelib, kafedrada 2 nafar filologiya fanlari doktori (PhD) va 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi faoliyat yuritmoqda.

Kafedra tomonidan 2019-2020 yillarda:

– 1 ta ilmiy ish;

– 13 ta OAKda;

– 9 ta xalqaro ilmiy maqola;

– 8 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.

Shuningdek,

– 2 ta xalqaro  ilmiy konferensiya o‘tkazilgan.

Bizning dastur va loyihalarimiz:

Kafedra qoshida 4 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritmoqda:

1. “YOUNG LAW MAKERS” to‘garagi. To‘garakda 40 ga yaqin o‘zbek-rus-ingliz tilida ravon so‘zlasha oladigan to‘garak aʼzolari bilan ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar kodekslari va huquqiy hujjatlari o‘rganiladi, tarjima qilinadi va yangi qonun loyihalari tuziladi.

 2. “WRITE RIGHT” to‘garagi. Ushbu to‘garak talabalarda  yozma nutq aspektlarini rivojlantirish; ingliz tilida yozma yuridik materiallar yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash; til meʼyorlarini o‘rganish va ularga rioya qilish; ingliz tilida yozma nutqni qiziqarli va mazmunli bayon qilish hamda yozma materiallarni tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

3. “START LEGAL ENGLISH” to‘garagi. To‘garakda ingliz tili lug‘at boyligini oshirish, turli yuridik sohalarga oid yangi so‘zlar, terminlar, so‘z birikmalarni o‘rinli qo‘llash, lug‘at boyligini turli interaktiv testlar yordamida tekshirib borish va detektiv hikoyalar o‘qish orqali yuridik ingliz tili darajasini oshirish ko‘zda tutilgan.

4. “BETA READERS” to‘garagi. Ushbu to‘garak har haftada bir marotaba  o‘tkazilib, mashg‘ulotlarda  ingliz tilidagi detektiv janrdagi kitoblar o‘qib muhokama qilinadi. Mashg‘ulotlar davomida “Abeta Reader” musobaqasi o‘tkazilib boriladi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Hozirgi kunda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.

Bizning o‘qituvchilarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan tajriba almashib, malaka va bilimini oshirib boradi.

Bugungi kunda kafedrada 1 nafar filologiya fanlari doktori, 1 nafar dotsent vazifasini bajaruvchi, 8 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar o‘qituvchi  faoliyat yuritmoqda.

Kafedramiz o‘qituvchilari 1 ta darslik, 1 ta monografiya va 2 ta o‘quv-qo‘llanma muallifidir.

Shuningdek, 12 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

Xodimlarimiz:

Toshmatov Oybek Shakirovich – kafedra mudiri

Akobirova Sarvar Tuyevna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Shamsitdinova Manzura Gapparovna – dotsent vazifasini bajaruvchi

Baxriddinova Muyassar Raximovna – katta o‘qituvchi

Mamadayupova Vasila Shonazarovna – katta o‘qituvchi

Mustafoyeva Noila Ishnazarovna – katta o‘qituvchi

Mirgiyazova Munisa Mirusmanovna – katta o‘qituvchi

Mirzaaxmedova Maxliyo Yo‘ldashevna – kata o‘qituvchi

Xaydarova Umida Pulatovna –kata o‘qituvchi

Ro‘ziboyeva Nigora Raximovna – kata o‘qituvchi

Zoyirova Dilso‘z Abdijalilovna  – o‘qituvchi

Raupov Miraziz Mustafakulovich – o‘qituvchi

Ametova Oyshajon Rozmatovna – o‘qituvchi

Surmanov Sardor Egamovich – o‘qituvchi

Rasulova Mahbuba Ravshan qizi – o’qituvchi

Umirov Sarvar Turg’unboy o’g’li – o’qituvchi


Lavozimi

F.I.O.

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1

Kafedra mudiri

Toshmatov O.Sh.

Chorshanba 10.00-12.00

211

2

Dotsent

Akobirova S.T.

Payshanba

10.00-12.00

211

3

Dotsent vazifasini bajaruvchi

Shamsitdinova M.G.

Dushanba 10.00-12.00

211

4

Katta o‘qituvchi

Mamadayupova V.Sh.

Seshanba

10.00-12.00

211

5

Katta o‘qituvchi

Baxriddinova M.R.

Chorshanba 10.00-12.00

211

6

Katta o‘qituvchi

Mustafoyeva N.I.

Payshanba 10.00-12.00

211

7

Katta o‘qituvchi

Mirgiyazova M.M.

Seshanba

10.00-12.00

211

8

Katta o‘qituvchi

Mirzaaxmedova M.Y.

Chorshanba 10.00-12.00

211

9

Kata o‘qituvchi

Xaydarova U.P.

Payshanba 10.00-12.00

211

10

Kata o‘qituvchi

Ro‘ziboeva N.R.

Seshanba

10.00-12.00

211

11

O‘qituvchi

Zoyirova D.A.

Chorshanba 10.00-12.00

211

12

O‘qituvchi

Ametova O.R.

Payshanba 10.00-12.00

211

13

O‘qituvchi

Raupov M.M.

Juma

10.00-12.00

211

14

O‘qituvchi

Surmanov S.E.

Seshanba

10.00-12.00

211






15

O‘qituvchi

Rasulova M.

Chorshanba 10.00-12.00

211

16

O‘qituvchi

Umirov S.

Jum

14.00-15.00

211






Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi,13-uy, TDYU 3-o‘quv binosi, 211 -xona

Murojaat uchun telefon raqami: 71 233-66-36

Elektron pochta: o.toshmatov@tsul.uz

Telegram: https://web.telegram.org/TSULlanguagetrainig

Facebook: Foreign Languages department of TSUL. @FLD.TSUL

LinkedIn: Foreign Languages department of TSUL. www.linkedin.com/in/foreignlanguagesdepartment

YouTube:  Department of foreign languages, TSUL https://www.youtube.com/watch?v=F41rLgbVB94&t=21s.