Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Mehnat huquqi” kafedrasi

Bizning shiorimiz: Yuqori malakali kadrlar tayyorlash bosh vazifamiz  

Bizning maqsadimiz:

Biz yurtimiz va jahondagi mehnat huquqi sohasini o‘rganish va rivojlantirish, bu borada xalqaro tajriba bilan tanishish va sohaga oid turli meʼyoriy hujjatlarni tadqiq etish va ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Bunda kafedra tomonidan talabalarda ijtimoiy sherikchilik, ish bilan ta’minlash, mehnat shartnomasi, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat intizomi kabi asosiy institutlarning normalarini tahlil qilish qobiliyatini shakillantirishdan iboratdir.     

Kafedrada tomonidan davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, turdosh ta’lim muassasalaridan yuqori malakali mutaxassislarni taklif etgan holda mahorat darslari tashkil etib kelinmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va boshqa tashkilot hamda muassasa vakillari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

Bizning vazifalarimiz:

-nazariy bilimlar va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lgan, kasbiy faоliyat yuritishga tayyor, malakali bakalavr va magistr mutaхassislarini tayyorlash;

- kafеdrani yuqоri malakali ilmiy-pеdagоgik kadrlar bilan to`ldirish hisоbiga o`quv jarayoni sifatini оshirish;

-o`quv jarayoni uslubiy ta`minоtini ishlab chiqish va takоmillashtirish, o`qitish vоsitalari, usullari va yangi ta`lim tехnоlоgiyalarini tatbiq etish, o`quv jarayonida mashg’ulоtlarni оlib bоrishning faоl va intеrfaоl shakllaridan kеng fоydalanish, ish bеruvchilar, davlat va jamоat tashkilоtlari vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazish, ekspеrtlar va mutaхassislar tоmоnidan mastеr-klasslar tashkil etish;

-qоnun chiqaruvchi, ijrо va sud hоkimiyati, prоkuratura, ish bеruvchilar, yuridik sоha bo`yicha оliy kasbiy ta`lim bеruvchi bоshqa ta`lim muassasalari bilan o`zarо hamkоrlikni rivоjlantirish.

 

Мehnat huquqi kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan TDYU bakalavriat talabalariga “Mehnat huquqi”, magistratura talabalariga “Ijtimoiy ta’minot huquqi”, “Qiyosiy mehnat huquqi”, “Mehnat nizolarini hal etish”, “Mehnat shartnomalarini huquqiy tartibga solish” modullaridan ma’ruza ва seminar mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Ilmiy salohiyat

Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilarning 4 nafari ilmiy darajaga ega (2 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi), 7 nafari esa kafedra salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni olib borishmoqda.   

Xozirgi kunga qadar kаfedra tomonidan:

–  2 ta monografiya;

–  33 ta ОАK maqolalari;

–  3 ta “Scopus”da maqola chop etilgan

Kafedrada "Mehnat huquqi himoyachisi" nomli ilmiy to‘garak tashkil etilgan, uning tarkibiga jami 200 nafardan ortiq iqtidorli talabalar biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan Mehnat huquqining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga mehnatga oid munosabatlar, ijtimoiy ta’minot va boshqa sohalardagi yangiliklarni halqqa muntazam yetkazish maqsadida kafedramiz professor-o'qituvchilari tomonidan “@Mehnathuquqi” telegram kanali yuritib borilmoqda. 


Mehnat huquqi kаfеdrаsi tаrkibi:

Ismoilov Shuhratjon Abdusaminovich

Kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori, (DSc).

Burxanxodjaeva Xurshida Vaxdatovna

Kafedra dotsenti, yuridik fanlari nomzodi.

Hamrokulov Bahodir Mamasharipovich

Kafedra o’qituvchisi, yuridik fanlar doktori, (DSc).

Raximov Miryoqub Aktamovich

Kafedra o’qituvchisi, yuridik fanlar falsafa doktori(PhD).

Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevich

Kafedra o’qituvchisi.

Murodullayev Dostonjon Nigmatullo o’g’li

Kafedra o’qituvchisi.

Hojabekov Muftullo Jolmurza uli

Kafedra o’qituvchisi.

Raximqulova Lola Ulug’murodovna

Kafedra o’qituvchisi.

Xakberdiyev Aziz Komilovich

Kafedra o’qituvchisi.

Yusupov Nodirbek Abdujalilovich

Kafedra o’qituvchisi.

Avazov Bobomurod Sultonmurodovich

Kafedra o’qituvchisi.

Kafedra maslahat kunlari:


Lavozimi


F.I.SH.


Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1

Kafedra mudiri

Ismoilov Shuhratjon Abdusaminovich

Dushanba

10.00-12.00

207 A

2

Kafedra dotsenti

Burxanxodjaeva Xurshida Vaxdatovna

Seshanba

11.00-13.00

207 A

3

Kafedra o’qituvchisi.

Hamrokulov Bahodir Mamasharipovich

Juma

15.00-17.00

207 A

4

Kafedra o’qituvchisi.

Raximov Miryoqub Aktamovich

Dushanba

10.00-12.00

207 A

5

Kafedra o’qituvchisi.

Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevich

Chorshanba

10.00-12.00

207 A

6

Kafedra o’qituvchisi.

Murodullayev Dostonjon Nigmatullo o’g’li

Juma

14.00-16.00

207 A

7

Kafedra o’qituvchisi.

Hojabekov Muftullo Jolmurza uli

Payshanba

09.00-12.00

207 A

8

Kafedra o’qituvchisi.

Raximqulova Lola Ulug’murodovna

Payshanba

14.00-16.00

207 A

9

Kafedra o’qituvchisi.

Xakberdiyev Aziz Komilovich

Chorshanba

11.00-13.00

207 A

10

Kafedra o’qituvchisi.

Yusupov Nodirbek Abdujalilovich

Payshanba

14.00-17.00

207 A

11

Kafedra o’qituvchisi.

Avazov Bobomurod Sultonmurodovich

Dushanba

14.00-17.00

207 A


Bizning manzil: 

Toshkеnt shahar, Sayilgoh ko‘chasi,35-uy. 1-o‘quv binosi, 207A-xona

Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1061 (ichki) 

Elektron pochta: mehnat.tsul@umail.uz

Kafedraning telegram kanali: https://t.me/mehnathuquqi