Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU xalqaro ilmiy maydonda: Sеulda o‘tayotgan ACA 2025 konferensiyasi

Toshkent davlat yuridik universiteti delegatsiyasi Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Asia Competition Association (ACA) 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Konferensiya joriy yilda “Competition Law and Policy in Digital Economy: Asian Perspectives” mavzusida o‘tkazilmoqda va raqobat huquqi hamda raqamli iqtisodiyotdagi yangi yondashuvlarga bag‘ishlangan.

Universitet delegatsiyasiga Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov rahbarlik qilmoqda.

ACA 2025 konferensiyasi Osiyo mintaqasida raqobat siyosati va huquqi sohasidagi eng nufuzli xalqaro ilmiy platformalardan biri bo‘lib, TDYUning undagi ishtiroki mamlakatimiz yuridik ta’limining xalqaro nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar