Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., professor Islambek Rustambekov Asia Competition Association (ACA) tashabbusi bilan tashkil etilgan “International Competition Law” xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Osiyo mintaqasida raqobat siyosati va qonunchiligini rivojlantirish, adolatli bozor tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish maqsadida o‘tkazilgan anjumanda I.Rustambekov “O‘zbekistonda raqobat huquqi va siyosatining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada mamlakatimizda so‘nggi yetti yilda raqobat muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida teng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilgan islohotlar, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining takomillashuvi va 2023-yilda qabul qilingan yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni haqida ma’lumot berildi. Xususan, O‘zbekistonning raqamli platformalarni tartibga solishdagi innovatsion yondashuvi va RegTech texnologiyalarini qo‘llash tajribasi xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Shuningdek, konferensiya doirasida xalqaro ekspertlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, O‘zbekiston tajribasini ilgari surish va ilg‘or xorijiy amaliyotlarni o‘rganish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
https://t.me/tsulofficial/17656