Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Yuridik ta’lim va kasbning kelajak istiqbollari” (Future Perspectives of Legal Education and Profession) mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistonda huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan xalqaro anjumanda yuridik kadrlar tayyorlashda zamonaviy talablar, kelajak yuristlarini tayyorlash yo‘nalishlari va xalqaro standartlar kabi masalalar muhokama qilinadi.

Tadbirda germaniyalik, buyukbritaniyalik va turkiyalik xorijiy mutaxassislar hamda milliy ekspertlar ishtirok etadi.

Konferensiyaga 30 dan ortiq vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalarining mutaxassislari ishtirokchi sifatida taklif etilgan.

Konferensiya 21-sentabrda TDYU 3-binosida bo‘lib o‘tadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar