Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil stajiga ega boʻlgan fuqarolarni tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat 12–14-oktabrda oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

Nizomga koʻra iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga kirish imtihonlarisiz, suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu nizom talablaridan kelib chiqib Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha abituriyentlar bilan suhbat 12–14-oktabrda oʻtkaziladi.

Suhbat oʻtkaziladigan kun va vaqt bilan tanishish…

Suhbatga chaqirilgan abituriyentlardan jadvalda belgilangan vaqtda Toshkent davlat yuridik universiteti 1-binosiga kelishi soʻraladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar