Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TSUL Court — 2022 tanlovi yakunlandi

Talabalarning nazariy bilimlarini huquqni qo‘llash amaliyoti bilan mustahkamlash, ularda sudya, prokuror va advokatning kasbiy fazilatlarini shakllantirish, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga ko‘maklashuvchi namunaviy sud protsesslarini tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan loyiha tuman va shahar sudlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

TSUL Court tanlovining joriy yilgi bahslari fevral-may oylari davomida akademik guruhlar kesimida jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Ushbu 2 ta sud ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda fakultetlarning 12 tadan jamoalari, jami 1 ming 600 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi. Jamoalarga har bir guruhdan 10-15 nafardan talaba qamrab olindi.

Sud protsesslarining yarim final o‘yinlarini tuman va shahar sudlarida o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilib, talabalarning tayyorgarliklari sud tizimi xodimlari, sudyalar tomonidan baholab borildi.

Universitetning 2-3-bosqich talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan sud protsessi tanlovining yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
2-bosqich talabalari oʻrtasida:

Oʻzbek tilida:
1-oʻrin — “Invincible” jamoasi;
2-oʻrin — “Perfection” jamoasi;
3-oʻrin — “Triumph” jamoas;

Rus tilida:
1-oʻrin — “Blackout” jamoasi;
2-oʻrin — “Клио” jamoasi;
3-oʻrin — “Министерство правды” jamoasi;

3-bosqich talabalari oʻrtasida:
Oʻzbek tilida:
1-oʻrin — “A-68” jamoasi;
2-oʻrin — “Intellect” jamoasi;
3-oʻrin — “Yuristlar” jamoasi;

Rus tilida:
1-oʻrin — “Dream team” jamoasi;
2-oʻrin — “Prosecutors” jamoasi;
3-oʻrin — “Justice” jamoasi;

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar