Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda yangi o‘quv yilidan “Jamiyatga xizmat” moduli o‘qitiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining “Toshkent davlat yuridik universitetida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish hamda yoshlarning iqtidor va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. 

Hujjatga ko‘ra, TDYUda 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab:

– klublar koordinatorlari har oyda Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaga nisbatan 30 foizgacha miqdorda belgilangan tartibda rag‘batlantirib boriladi;

– universitetda faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan klub va to‘garaklar Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

– talabalar universitetda faoliyat yuritayotgan klub va to‘garaklarga “Elektron platforma” orqali a’zo bo‘lishi mumkin;

– talabalarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalq bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 1-bosqich talabalari uchun “Jamiyatga xizmat” moduli kiritiladi.

Bundan tashqari, buyruq bilan universitetda tashkil etiladigan loyiha va tadbirlarning bir yillik kalendar rejasi tasdiqlandi hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, eng yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar va ularni tayyorlagan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar