Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi hamda Sergeli tumanidagi 269-maktab o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 7-apreldagi 08-942-son topshirigʻida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Sergeli tumanidagi 26 ta umumtaʼlim maktablari taʼlim sifati va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda metodik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tizimli tashkil qilish uchun har bir maktab Toshkent davlat yuridik universitetining fakultet dekanlari kesimida taqsimlanib, ularga kafedralar biriktirilgan.

Yuqoridagi belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida TDYU “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi hamda Sergeli tumanidagi 269-maktab o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Hujjatda maktab pedagoglarining salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish masalalarida qator chora-tadbirlar belgilangan.

“Yo‘l xaritasi” imzolash davomida maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, hamkorlik masalalari, tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.


image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar