Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TTJda Navro‘z: sumalak sayli, “Osh chempionati” va unutilmas lahzalar

Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar turar joyida 21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va TDYUning talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi yigit-qizlar ishtirok etdi.

Bayram tadbiri doirasida talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Osh chempionati” o‘tkazildi. Chempionatda o‘zining oshpazlik mahoratini namoyish etib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, ajoyib raqslar barchaga quvonch ulashdi. Bayram doirasida sumalak sayli ham o‘tkazilib, Navro‘zga xos an’analar namoyish etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, yuqori kayfiyat, ajoyib kuy-qo‘shiqlar, betakror lahzalarga boy bo‘lgan bo‘lgan bayram nafaqat talabalar, balki barcha ishtirokchilar va mehmonlar uchun ham unutilmas kun bo‘ldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar