Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Erta nikoh, erta tug‘ruq va nizolar, yoshlar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Anjumanni TDYU yuridik fanlari nomzodi, dosent Umida Shoraxmetova, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Umida Xaydarova, “Xususiy huquq” fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Lilya Achilova olib bordi.

Davra suhbatida universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli va faol talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar, uning yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotiga ta’siri, shuningdek, davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar