Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti aholi uchun bepul “Ochiq huquqiy ma’ruzalar” o‘tkazadi

“Ochiq huquqiy ma’ruzalar” loyihasida universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari keng aholi uchun qiziq huquqiy mavzularda ma’ruza qiladi hamda ishtirokchilarning savollarga javob beradi.

Ochiq ma’ruzalar har shanba 11:00 dan 13:00 ga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti katta majlislar zali (sobiq ODO binosi)da bo‘lib o‘tadi. Ma’ruzalarda yoshi, kasbidan qat’i nazar barcha aholi vakillari qatnashishi mumkin.

“Ochiq huquqiy ma’ruzalar” loyihasi doirasidagi ma’ruzalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Ilk ma’ruza 29-oktabr 11:00 da “Kundalik mehnat munosabatlarida o‘z huquqingizni biling!” mavzusida TDYU “Mehnat huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov tomonidan o‘tkaziladi.  

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga mehmon spiker tomonidan maxsus sovg‘alar topshiriladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar