Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘tkir Amirovning 85 yoshlik  va  Erkin Mo‘minovning 80 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Ustozning qimmati, menimcha, shulkim — uzoqmi-yaqinmi unga talpinsang” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

TDYU “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir doirasida tarix fanlari nomzodi, dotsent O‘tkir Amirovning 85 yoshlik yubileyi va falsafa fanlari nomzodi, dotsent Erkin Mo‘minovning 80 yoshlik yubileyi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari va mas’ul xodimlari, faxriy professor-o‘qituvchilar, O‘tkir Amirov va Erkin Mo‘minovning shogirdlari va universitet talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida so‘z olganlar ustozlarning hayot yo‘li, mehnat faoliyati xususida to‘xtalib, ularni tabarruk yoshlari bilan samimiy muborakbod etdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar