Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Bo‘ka tumani ayollari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan “15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu sana munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimiyati va adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tuman ayollari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida TDYU Yuridik klinikasi mutaxassislari ishtirokchilar tomonidan bildirilgan masalalarga huquqiy yechim berildi.

Shuningdek, ayollar uchun universitetning iqtidorli talabalari tomonidan konsert dasturi hamda viktorinalar tashkil etildi.

Yakunda xotin-qizlarga tuman hokimiyati va adliya bo‘limi bilan hamkorlikda ayollarning huquqiy muammolarini hal etishga bag‘ishlab chop etilgan kitoblar hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar