Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori D.Suyunova tashabbusi bilan “Dilfura Himoya” advokatlik firmasi advokati Nematjon Akbarov ishtirokida “Jinoyat-protsessual huquqi” moduli doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida talabalar advokatlik faoliyatining amaliy jihatlari, sud jarayonlarida himoyachining o‘rni va protsessual huquqlarni ta’minlash masalalari yuzasidan bilim va tajribaga ega bo‘ldi.
***
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri o‘rinbosari, dotsent B.Xudaybergenov tashabbusi bilan Toshkent xalqaro universiteti professori, yuridik fanlar doktori Baxtiyor Murodov ishtirokida Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalari uchun “Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash” moduli doirasida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars davomida isbot qilishning maqsadi, predmeti va doirasi masalalari chuqur tahlil qilinib, talabalar bilan amaliy misollar asosida fikr almashildi.
***
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti A. Tadjibayeva tashabbusi bilan Xususiy huquq fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotni “Infinity Law Firm” advokatlik firmasi advokati, 15 yillik tergov amaliyotiga ega mutaxassis Aziz Tuxtamishev olib bordi.
Mahorat darsi davomida tergov jarayonida yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar, advokatning amaldagi protsessual imkoniyatlari, shuningdek, amaliy misollar va real holatlar tahlili kabi masalalar atroflicha yoritildi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
***
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o’qituvchilari G.Tulaganova va M.Kadirova tashabbusi bilan “Ish bo’yicha narsa va hujjatlarni protsessual mustahkamlash va dalillarni saqlash tartibi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Dars Odil sudlov Akademiyasi Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Tolibjon Obidov ishtirokida tashkil etildi.
Dars davomida isbotlash jarayonining nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, jinoyat protsessida dalillar maqbulligi masalalari muhokama qilindi.