Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro assotsiatsiyalarga a'zolik

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi (International Association of Universities – IAU), Xalqaro yuridik maktablar assotsiatsiyasi (International Association of Law Schools – IALS), yevropa huquq fakultetlari assotsiatsiyasi (European Law Faculties Association – ELFA), Xalqaro universitetlar uyushmasi (Observatory Magna Charta Universitatum) va yevropa oliy ta'lim muassasalari assotsiatsiyasi (European Association of Institutions in Higher Education – EURASHE)ning to‘laqonli a'zoligiga qabul qilingan. 



1.      Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi jahondagi universitetlarni birlashtiruvchi va ularning manfaatlarini ifodalovchi yetakchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Ushbu assotsiatsiyaga dunyoning 130 mamlakatidagi 650 dan ortiq nufuzli oliy ta'lim muassasalari a’zo bo‘lgan. YUNESKOning rasmiy hamkori hisoblanadigan ushbu assotsiatsiya o‘z a'zolari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda ta'lim jarayonida yangi bilimlar va innovatsiyalarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Ta’kidlash joiz, Toshkent davlat yuridik universiteti mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari orasida ushbu tashkilot a'zoligiga qabul qilingan yagona universitetdir.

https://www.iau-aiu.net/


2.   Xalqaro yuridik maktablar assotsiatsiyasi dunyoning 55 mamlakatidan 155 dan ortiq yuridik oliygohlar va huquq maktablarini o‘zida jamlagan tashkilot hisoblanadi. Assotsiatsiyaning bosh vazifasi dunyoda yuridik maktablar faoliyatini takomillashtirish va yuridik ta'lim tizimini yaxshilashdan iborat. Tashkilot jahon bo‘ylab, 4 500 dan ortiq huquq sohasida faoliyat yurituvchi pedagoglarning manfaatlarini himoya qiladi. 

IALS a'zolarining yig‘ilishlarida yuridik ta'limning global miqyosdagi maqsadlari va strategiyasi belgilab olinadi. Global forum doirasida yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlar rahbarlari tomonidan o‘zaro fikr va tajriba almashiladi.

https://www.ialsnet.org/


3.   Yevropa yuridik fakultetlar assotsiatsiyasi 150 dan ortiq a'zolarga ega bo‘lgan yevropada yuridik ta'lim sifatini oshirish maqsadida muhokama va almashinuv maydonchasini taqdim etish uchun tashkil etilgan nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi. Assotsiatsiyaning asosiy faoliyati yuridik ta'limni isloh qilish jarayonini muvofiqlashtirish, yangi standartarni ishlab chiqish, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, huquqshunoslar uchun ish beruvchi hisoblangan tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

https://elfa-edu.org/


4.         Xalqaro universitetlar uyushmasi 1988-yilda Italiyada tashkil qilingan bo‘lib, hozirda dunyoning 88 mamlakatidagi 904 ta yetakchi universitetni birlashtirib kelmoqda. Uning asosiy maqsadi a'zo universitetlar o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdan iborat.

Xalqaro universitetlar uyushmasiga a'zolik yurtimizda yuridik ta'lim sifatini oshirish yolidagi navbatdagi muhim qadam hisoblanadi. Uyushma tarkibidagi faoliyat Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy va pedagogik jamoasiga o‘z mutaxassisligi doirasida jahondagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, innovatsion ishlanmalar yaratish, ta'lim dasturlarini takomillashtirish imkonini beradi. Bu esa pirovard natijada universitetning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini yaxshilashga olib keladi. 

Xalqaro universitetlar uyushmasi faoliyatini besh yillik reja asosida tashkil qilib, o‘z a'zolariga ta'lim jarayonini takomillashtirish borasida konsultetiv yordam ko‘rsatadi hamda ularning o‘zaro hamkorlik qilishiga qaratilgan turli loyihalarni amalga oshiradi.

http://www.magna-charta.org/



5.                    Yevropa oliy ta'lim muassasalari assotsiatsiyasi Yevropa Ittifoqi, Amerika va Osiyoning 40 mamlakatidan 500 dan ortiq oliy ta'lim muassasalarini o‘zining a'zoligiga qabul qilgan. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi yevropa oliy ta'lim zonasi mamlakatlari (EHEA) va boshqa davlatlarning professional ixtisoslashgan universitetlari manfaatlarini himoya qilish va yevropa professional oliy ta'limi kelajagini shakllantirishda a'zo bo‘lgan muassasalarning faol ishtirokini ta'minlashdan iborat. Bunda Assotsiatsiya yuqori faollikda tadbirlar, kongresslar va o‘quv kurslarini tashkil qiladi hamda oliy ta'lim sohasida xalqaro tadqiqot va rivojlanish loyihalarini muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, Assotsiatsiya a'zo bo‘lgan ta'lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida yil davomida ta'lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, oliy ta'lim sohasi xodimlari, strategik masalalar rahbarlari, akademiklar, yevropa va undan tashqaridagi talabalar ishtirokida konferensiyalar va seminarlarni tashkil qiladi.

https://www.eurashe.eu/