Platforma: my.gov.uz yoki vazirlikning rasmiy veb-sayti
Kuzgi semestr
15-iyul – 5-avgust
Bahorgi semestr
10 – 20 yanvar
Ko'rib chiqish (kuz)
6 – 30 avgust
Ko'rib chiqish (bahor)
21 yanvar – 10 fevral
Kerakli hujjatlar (ko'chirish uchun)
- Ko'chirishga asos bo'lgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi
- Reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma'lumotnoma yoxud transkript nusxasi
Jarayon
1
Ariza topshirish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Oliy ta'lim vazirligi rasmiy veb-sayti orqali. O'quv yilida 2 marta: kuz va bahor uchun.
2
Hujjatlarni yuklash
Asosini tasdiqlovchi hujjatlar va akademik ma'lumotnoma elektron platformaga yuklanadi.
3
Qaror qabul qilish
Oliy ta'lim tashkiloti, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Natija elektron platforma orqali xabar qilinadi.