Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Markaziy Osiyo talabalar kongressi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining takliflariga ko‘ra, har yili may-avgust oyida Toshkent shahrida Markaziy Osiyo kongressini o‘tkazilishi belgilangan.

Markaziy Osiyo kongressining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim olish imkoniyatlari to‘g‘risida Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari ta’lim va ilmiy jamoatchiligi, talabalar va abiturientlar xabardorligini oshirish va 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ommaga yetkazishdir.