Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi

Bizning maqsadimiz:

Biz universitet talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Bugungi kunda biz dunyodagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalari, xalqaro tashkilotlari va yuridik klinikalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Ular orasida Qirg‘iziston Respublikasi Yuridik klinikalar assosasiyasi, Yevroosiyo fondi, BMT taraqqiyot dasturi USAID, AQSHning Street Law Inc. Kompaniyasi, BMTning narkotik moddalar va jinoyatchilik nazorati bo‘yicha ofisi UNODC, BMTning rivojlanish dasturi UNDP va AQSHning New York Cyracuse universitetlari bor.

Yuridik klinika O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Interlex advokatlik firmasi, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Yuridik klinika jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishi da’vomida 2018 yilning yanvar oyidan 2021 yil iyun oyiga qadar 1580 nafardan ortiq murojaatlarga javob berilgan. Bundan tashqari 2020 yilning aprel oyidan 2021 yil iyun oyiga qadar telegram ijtimoiy tarmog‘ida aholining 5180 dan ortiq huquqiy tusdagi savollariga javob berib kelinmoqda.

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish-ustuvor vazifa” shiori ostida Yuridik klinika talabalari, professor o‘qituvchilar bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari, sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bizning loyihalarimiz:

– Street law loyihasi

https://new.tsul.uz/uz/general-page/top-menu-Street-Law 

– “ENG FAOL KLINSIST” ko‘rik tanlovi

“ENG FAOL KLINISIST - 2019" tanlovi

– "Qonunchilikdagi yangiliklar" (http://t.me/TDYU_yuridik_klinikasi)  

– Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash   

– Onlayn murojaatlar bilan ishlash   

Yuridik klinikaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram sahifasi:

http://t.me/TDYU_yuridik_klinikasi

Murojaat uchun: @Probonouz_bot

Instagram sahifasi:

https://instagram.com/tsul_legal_clinic?igshid=1e41daomut3o 

Facebook sahifasi:

 https://www.facebook.com/tsullegalclinic

TikTok sahifasi:

https://www.tiktok.com/@tdyu_yuridik_klinikasi

Youtube kanali:

https://www.youtube.com/channel/UC4uvuX9DE2fSt6KZUxihMNA 

Murojaatlar va sayyor qabullar tahlili asosida eng dolzarb huquqiy masalalar bo‘yicha seriyali kichik hajmli ommabop amaliy qo‘llanmalar tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Qabul vaqti: Dushanba – juma kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha 

Bizning xodimlarimiz:

Yuridik klinika rahbari: Narziyev Otabek Sa’diyevich

Yuridik klinika uslubchisi: Shamsiddinov Muhriddin Husniddin o‘g‘li

Yuridik klinika uslubchisi: Jamoliddinov Najmiddin Nizomiddin o‘g‘li

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYuU 1-o‘quv binosi, 124-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1114 (ichki) 

Elektron pochta: lawclinic@tsul.uz 

Hozirgi kunda Yuridik klinika tomonidan talabalar bilan seminar-treninglar, sayyor qabullar olib borilmoqda.

                                                                                               

media widget