University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Xayriya bali doirasida “Qirol va Qirolicha” tanlovi o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti Endowment Fund tashabussi bilan 7-dekabrda “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida universitet talabalari va xodimlari uchun ilk qishki xayriya bali tashkil etilmoqda.

Bal doirasida "Qirol va Qirolicha" tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun bal kuni ro‘yxatga olish stolida o‘zingiz hamda raqs juftligingiz haqidagi ma’lumotlarni so‘rovnomada aks ettirib, volontyor-talabalarga taqdim etishingiz kerak.

Barcha ishtirokchi juftliklar ro‘yxatga olinganidan keyin lotereya asosida 5 ta juftlik aniqlab olinadi va ular raqs tanlovida ishtirok etadi.

Tanlov g‘oliblari mehmonlar tomonidan aniqlanadi.