University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYU vakillari “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumida ishtirok etmoqda

Samarqand shahrida “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi boshlandi.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Inson huquqlari kengashining 46-sessiyasida Samarqand shahrida “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumini o‘tkazish taklifi ilgari surilgan edi.

Forum doirasida TDYU rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islombek Rustambekovning “O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida inson huquqlari sohasida ta’lim” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada inson huquqlari boʻyicha taʼlim sohasida erishilgan yutuqlar qayd etilib, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamli inson huquqlari konsepsiyasini ishlab chiqish, klinik taʼlimni qoʻllash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, zamonaviy adabiyotlarni tayyorlash va virtual platformalar yaratish orqali masofaviy ta’lim usullarini keng joriy etish takliflari ilgari surildi.