University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYU AQSHning Kolumbiya universiteti hamda Pittsburg universiteti bilan hamkorlik qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov rasmiy tashrif bilan AQSHning Kolumbiya universiteti hamda Pittsburg universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida TDYU va mazkur ikki nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida Kolumbiya universiteti bilan hamkorlikda maxsus treninglar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilarni dars jarayonlariga jalb etish, TDYU bitiruvchilarini magistraturaga mazkur universitetga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Pittsburg universiteti bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolash, ushbu memorandumga ko‘ra har yili TDYUning 2 nafar bitiruvchisini Pittsburg universiteti magistraturasiga, 2 nafar yosh oʻqituvchini doktoranturaga imtiyozli ravishda qabul qilishga kelishib olindi.

Ta’kidlash kerak, mazkur universitetlar bilan hamkorlik oʻrnatilishi natijasida TDYU talabalari, bitiruvchilari va professor-oʻqituvchilari xorijiy tajribani oʻrganish, oʻqishni eng nufuzli universitetlardan birida davom ettirish va u yerda ilmiy-tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: Kolumbiya universiteti AQSHning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, 1754-yilda Nyu-Yorkda King kolleji (Qirollik kolleji) negizida tashkil etilgan. 1912-yilda universitet maqomini va hozirgi nomini olgan. Kolumbiya universiteti bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida dunyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet joriy yilda QS xalqaro reytingida 22-o‘rinni egallagan.

Pittsburg universiteti (University of Pittsburgh) 1787-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Pensilvaniya shtati markazidagi davlat tadqiqot universiteti hisoblanadi. Universitet joriy yilda QS xalqaro reytingida 183-o‘rinda qayd etilgan.