Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro ilmiy loyiha va grantlar

Xorijiy davlatlarning elchixonalari, British Council, GIZ, Gyote Institute, DAAD, KOICA, JICA, TICA, MTCP, ITEC va boshqa tashkilotlar hamda dasturlar doirasida amalga oshirilgan hamkorlik:

АQSh elchixonasi bilan hamkorlik:

2020-yil 7-fevral — АQSh elchixonasi ko‘ngillisi Shennon Roax tomonidan “Ingliz tilida hikoya yozish ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi mahorat darsi o‘tkazildi.

KOICA:

KOICА ko‘ngillilari Kim Nanga tomonidan 2019/2020-o‘quv yilining 2-semestri mobaynida Shaxsiy rivojlanish moduli bo‘yicha va Chon Byon Uk tomonidan 2020/2021-o‘quv yilining 1 semestri mobaynida “Huquqiy axborot texnologiyalari” bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishga kirishildi.

“Regional dialog” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali:

2020-yil 28-fevral — Sloveniya “Regional dialog” XNTning O‘zbekistondagi filiali direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

2020-yil 14-sentyabrdan Sloveniya “Regional dialog” XNTning O‘zbekistondagi filiali tomonidan TDYUda “Tiklovchi odil sudlov” dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Jeyms Iglin (АQSh) va “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat” dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Klemenchich Goran (Sloveniya) jalb qilindi va moliyalashtirildi. Dars mashg‘ulotlari 2021-yil 6-yanvargacha o‘tkazildi.

GIZ dasturi bo‘yicha:

TDYU “Biznes huquqi” va “Fuqarolik huquqi” kafedralari professorlari tomonidan 17-29-fevral kunlari Germaniyaning Vismar sharqiy universitetida “Yuridik uslubiyot va taʼlim” mavzusida qishki maktab va konferensiyada hamda “Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi dotsenti L.Xvan 28-29-fevral kuni “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari huquq” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdilar.

2020-yil 11-fevral — Germaniyaning isteʼfodagi sudyasi Xaynrix Shnitger tomonidan “Fuqarolik huquqi” moduli bo‘yicha talabalarga maʼruza o‘tkazildi.

Ushbu dastur boyicha “Основной курс публичного права: конституционное (государственное) и админимтративное право” va “Теория права и юридическая методологи” kitoblari 500 dona nusxadan chop etildi.

2020-yil 16-sentabr, 30 sentabr, 14-oktabr, 28-oktabr, 11-noyabr, 25-noyabr va 23-dekabr kunlari 

Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni targib qilish” dasturi doirasida “Maʼmuriy daʼvoni qabul qilishning umumiy

 shartlari” mavzusidagi qator seminarlar tashkil etilibTDYU talaba hamda oqituvchilari ishtiroki taʼminlandi.

2020-yil 18-noyabr, 2-dekabr, 9-dekabr va 15-

dekabr kunlari yuqoridagi dastur doirasida “Mediatsiyaning boqsha kasblar bilan ozaro aloqasi” mavzusidagi qator 

seminarlar tashkil etilibTDYU talaba hamda oqituvchilari ishtiroki taʼminlandi2020-yil 10-dekabr — “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni targib qilish” dasturi doirasida GIZ tomonidan universitet mulkiga jihozlar va ish 

yuritish materiallari (2 ta kompyuter, 1 ta noutbuk, 1 ta kompter sichqonchasi, 2 ta printer, 2 ta kartridjbepul taqdim etildi.

USAID va Tetra Tech tashkilotlari bilan hamkorlik:

2020-yil 17-fevraldan 6-martga qadar АQSh Vashington universiteti menejeri Patrisiya Makloxlin tomonidan TDYU vakillariga yuridik ingliz tili bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borildi.

2020-yilning oktabr oyidan Gamburg universiteti (Germaniya) professori Gerd Drosse - “Xalqaro tashkilotlar huquqi” moduli bo‘yicha, Riga huquq maktabi (Latviya) professori Ligita Gyotler – “Huquqiy tadqiqotlar” moduli bo‘yicha va Gastingsdagi Kaliforniya universiteti (АQSh) professori Jessika Vapner – “Qonun ijodkorligi” kursi doirasida dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

BMT va UNODC:

27-fevral — BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili ishtirokida “Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va inson huquqlarini o‘qitishning mintaqaviy markazini tashkil etish” mavzusidagi yig‘ilish o‘tkazildi.

29-fevral — UNODC Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert Yelena Nyanenkova bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

4-mart — UNODC eksperti Kun Markvering ishtirokida “Jinoyat protsessida advokat: yangi yondashuvlar” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.