Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori asosida tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifalari:

yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;

nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta’lim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;

ta’lim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;

ta’lim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan o‘zaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish.

Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi — yuridik shaxs maqomiga ega oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Filial direktori O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosarlari esa — Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.

Filialda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” soha mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;

Filialda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” mutaxassisligi bo‘yicha oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarni qayta tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida maxsus olti oylik dastur bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;

Filialda o‘qitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha esa — har olti oyda 50 kishini tashkil etadi.

Filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni o‘tmasdan, “leytenant” maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

Bakalavriat dasturi bo‘yicha Filialga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi.

Filialga qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘qishga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qo‘mondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan amaldagi xodimlar va harbiy xizmatchilar belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va pul ta’minoti saqlab qolingan holda qabul qilinadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga o‘rnatilgan qabul kvotalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan alohida kvotalar bo‘yicha Filialga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini taqdim etadigan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining tavsiyalari berilishi mumkin.

Filialda o‘qishni tamomlagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar.

Filial sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar mutaxassislari va boshqa mutaxassislarni o‘rindoshlik tartibida yoki mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqiga ega.