Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Muattara Rahimova hamda Sarvinoz Sunnatullayeva tomonidan TDYU huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun “Inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari” mavzusida ma’ruza o‘qildi.
Uchrashuv davomida inson huquqlarini mintaqaviy darajada himoya qiluvchi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, ularning vakolatlari, faoliyat yuritish prinsiplari hamda ushbu mexanizmlarning amaliy ahamiyati atroflicha tushuntirib berildi.
***
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari Rayimova Munisa hamda Surayyo Oxmonova tashabbusi bilan talabalarga mazmunli mahorat darsi tashkil etildi.
Uchrashuvga mehmon spiker sifatida Hindistonning Raipur shahridagi The Institute of Chartered Financial Analysts of India (ICFAI) University Huquq fakulteti professori va kafedra mudiri Dr. Pyali Chatterjee taklif etildi.
Dr. Chatterjee xalqaro tajribaga ega yetuk olima bo‘lib, Italiyada “New Technologies and Law” yo‘nalishida postdok tadqiqotini, shuningdek, TDYUda Central Asian Legal Research (CALR) ilmiy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. U Scopus, SCI, WOS kabi nufuzli jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqola chop etgan, bir nechta kitoblar muallifi, bir nechta patent va mualliflik huquqlariga ega. Ilmiy izlanishlari ayollar huquqlari, gender adolati, sog‘liqni saqlash huquqi va jinoyat huquqi yo‘nalishlariga qaratilgan.
***
Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Salomat Niyozova tashabbusi bilan "Kriminologiya" moduli doirasida “Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va uningoldini olish” mavzusida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Ochilov Hasan ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mahorat darsida ma'ruzachi tomonidan oilada sodir etiladigan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, ularni aniqlash va oldini olish, oilada xotin-qizlarga nisbatan ishlatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik turlari, jinoyatchi shaxsi, jinoyat sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan ma'lumotlar berildi.
***
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori D.Suyunova tashabbusi bilan "Dilfura Himoya" advokatlik firmasi advokati Nematjon Akbarov ishtirokida "Jinoyat-protsessual huquqi" moduli doirasida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi.
***
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi dotsenti A.Tadjibayeva tashabbusi bilan “Jinoyat-protsessual huquqi” moduli doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida sayyor dars tashkil etildi.
Mazkur darsda Akamediya Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasining katta o‘qituvchisi, B.Rajabov ishtirok etib, talabalar bilan jinoyat-protsessual faoliyatda kriminalistika va sud ekspertizasining o‘rni hamda ahamiyati, zamonaviy ekspertiza usullari va ularning tergov amaliyotidagi qo‘llanilishi yuzasidan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o'qituvchisi G.Yusupdjanova tashabbusi bilan “Jinoyat-protsessida dalillar va isbotlash” moduli doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida sayyor dars tashkil etildi.