English
Oʼzbekcha Русский
University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2025 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

PQ-1 ijrosi doirasida jinoyatchilikning 12 turi bo‘yicha tayyorlangan ilmiy-tahliliy ishlanmalar taqdim etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan qilingan ishlar Adliya vazirligi mas’ullariga taqdimot qilindi

Qaror ijrosi doirasida Yashnobod tumanida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida TDYU prorektori Zamira Esanova va universitet xodimlari tomonidan Prezident qarori ijrosi doirasida qilinayotgan ishlar va rejalar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida qaror asosida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, risolalar, axborot-tahliliy materiallar, ilmiy-ommabop nashrlar va maqolalar, shuningdek, jinoyatchilikning 12 ta turi bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi asosida tayyorlangan qiyosiy-tahliliy materiallar va ilmiy xulosalar taqdim etildi. Mas’ullar tomonidan mahallalar kesimida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan konsepsiyalar, kriminologik metodikalar hamda manzilli ilmiy-tahliliy yondashuvlar ishlab chiqilayotgani, bu jarayonda empirik ma’lumotlar asosida hududiy muammolarni aniqlash va ularning sabab-omillarini ilmiy jihatdan tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, TDYU vakillari tomonidan raqamli yechimlar, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tahliliy platformalarni ishlab chiqish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida PQ-1-son qarori ijrosini samarali ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida taklif va tashabbuslar o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi.

Latest news

All news

Announces

All announcements