University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.M.Karimjonovning 2022-yilning 20-iyunidan 2-iyuliga qadar Polsha Respublikasi, Gdansk universitetiga xizmat safari yuzasidan HISOBOT

Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 27-iyundagi  49-s-son buyrug’iga ko‘ra, NAWA (The Polish national agency for academic exchange – Polsha Milliy Akademik almashinuv agentligi) dasturining International scholarship exchange of PhD candidates and academic staff loyihasi doirasida 2022-yilning 
20-iyunidan 2-iyuliga qadar Polsha Respublikasi, Gdansk universiteti Huquq va boshqaruv fakultetiga (Faculty of Law and Administration) stajirovka o‘tash uchun uchun xizmat safariga yuborildim. 2022-yilning 20-iyunidan 24-iyuniga qadar NAWA dasturi doirasida stajirovka o‘taldi.

2022-yilning 24-iyunidan 2-iyuliga qadar esa 2021-yil 8-noyabrdagi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirliklarining xorijda professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashini tashkil etish to‘g’risidagi 2/17-08/11-sonli xatiga muvofiq stajirovka o‘taldi.

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilarining Polsha Respublikasi Gdansk universitetiga xizmat safari boʻyicha

ISH REJASI

T/r

Amalga oshiriladigan 
chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Kutilayotgan natija

Bajarish muddati

1.

“PROM Programme – International scholarship exchange of PhD candidates and academic staff” malaka oshirish dasturida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish.

Malaka oshirish dasturi tashkilotchilari bilan tashkiliy masalalarni kelishish.

Taklif xati olish

2022-yil 
may.

2.

Dastur doirasida Polsha Respublikasi Gdansk universitetiga yetib kelish.

Gdansk universiteti Ilmiy bo‘limiga uchrashish.

Mas’ul xodim Agata Glombiowska bilan uchrashish.

2022-yil

20-iyun.

3.

Recruitment form bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashish.

Recruitment form bo‘yicha belgilangan reja-grafik asosida.

Pedagogik mahoratni yanada oshirishga xizmat qiladi.

2022-yil

20-24-iyun.

4

Gdansk universiteti o‘quv jarayoni bilan tanishish.

Belgilangan reja-grafik asosida.

TDYUdagi ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

2022-yil

20-24-iyun.

5

Ilmiy jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish.

Uchrashuv, davra suhbatlari, konferensiyalarda.

Ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

2022-yil

Xizmat safari muddati davomida

6.

Recruitment form bo‘yicha ilmiy tadqiqot uchun materiallar to‘plash.

Recruitment form bo‘yicha belgilangan reja-grafik asosida.

Ilmiy tadqiqotni xorij tajribasi bilan yanada boyitishga xizmat qiladi.

2022-yil

Xizmat safari muddati davomida