University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYUda "Ekologiya huquqi — yosh olimlar nigohida" mavzusida talabalar ilmiy konferensiyasi oʻtkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi "Ekologik siyosat va huquq" ilmiy maktabi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va professor SH.Fayziyev ilmiy maktabi aʼzolari ishtirok etdi.

“12-may — Xalqaro ekologiya bilimlar kuni"ga bagʻishlab, yoshlarning ekologiya qonunchiligi sohasidagi bilimlarini mustahkamlash va talabalarning ekologik-huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan konferensiyada talabalar va magistrantlar tomonidan ekologiya huquqi va qonunchiligi sohasidagi turli mavzularda maʼruzalar oʻqildi.

Yakunda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakillari tomonidan talabalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.