Yunusobod tumani Usta Shirin mahallasi, Yangihayot tumani Yangi Choshtepa mahallasi, Olmazor tumani Yangi Sebzor mahallasi, Chilonzor tumani Qatortol mahallasi, Yunusobod tumani Buyukturon mahallasi va yana qator mahallarda o‘tkazilgan sayyor qabullarda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, Jinoyat-protsessual huquqi, Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi, Biznes huquqi, shuningdek, boshqa kafedralarning professor-o‘qituvchilari hamda Yuridik klinikaning 50 nafardan ortiq amaliyotchi-talabalari jalb etildi.
Qabullar davomida talabalar tomonidan professor-o‘qituvchilar yordamida fuqarolarga uy-joy, meros, aliment, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar berish, yer hamda kommunal to‘lovlar kabi masalalar yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi.