Bizning maqsadimiz:
Ekspluatatsiya va taʼmirlash boshqarmasi — Toshkent davlat yuridik
universitetidagi ekspluatatsiya va taʼmirlash ishlarni olib borishni
tashkil etuvchi boshqarma hisoblanadi.
O‘quv va talabalar turar joyi binolarida ekspluatatsiya va taʼmirlash
ishlarini olib borish, joriy va kapital taʼmirlash, elektr taʼminoti hamda
binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarini tashkil etish, shu orqali
universitetimizda professor-o‘qituvchi, xodim va talabalar uchun qulay
shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilganmiz.
2020 yilda TDYUU o‘quv binosi o‘quv xonalari va yo‘laklarida
joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.
1-, 2- va 3-o‘quv binolarining isitish tizimlari zamonaviy fenkoyl va
issiqlik almashtirgich (teploobmennik) uskunalariga hozirgi kuz-qish
davrida, muntazam xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Universitetda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, tozalikni
saqlash hamda o‘quv jarayoni uchun shart-sharoitlarni yaxshilash ishlari
muntazam olib boriladi.
1- va 2-talabalar turar joyi binolari yo‘laklarida joriy taʼmirlash
ishlari olib borildi, sanuzel hamda yuvinish xonalar zamonaviy dizaynerlik asosida
taʼmirlandi. Talabalar turar joylarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish
maqsadida 4 ta Grizzly 150 klo.lik kichik isitish qozonlari
o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, Talabalar turar joylari binolarida bahor yoz
mavsumlarida talabalarga darsdan so‘ng maroqli dam olishlari uchun favvoralar
tashkil etilgan, bino atroflariga zamonaviy tungi yoritish chiroqlari
o‘rnatilgan.
O‘quv va talabalar turar joyi binolarida issiq va sovuq suv
tizimlaridagi tugunlarni profilaktik taʼmirlash ishlari bajarilgan.
1- va 3-o‘quv hamda talabalar turar joyi binolarining tom bo‘g‘otini
yonuvchi yog‘och qurilmalarini yonish xususiyatini pasaytirish uchun kimyoviy
suyuqliklar bilan ishlov berildi va o‘rnatilgan tartibda yong‘in xavfsizlik
xizmati xodimlari tomonidan tekshirilib, tegishli dalolatnoma bilan
rasmiylashtirildi.
Universitet binolaridagi barcha ichki va tashqi elektr tizimini (kabel,
elektr simlari, shitlar) qarshilikka chidamlilik quvvati laboratoriya usulida
sinovdan o‘tkazildi.
universitetda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini olib
borish, tozalikni saqlash, o‘quv jarayoni uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
Universitetga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining texnik
holatini ko‘zdan kechirish, yo‘l varaqalari berish va avtotransport
vositalaridan foydalanish hamda yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya
etilishini taʼminlash.
Bizning xodimlarimiz:
Bozarov Ixtiyorjon
Xakimovich – Ekspluatatsiya va
ta'mirlash boshqarmasi boshlig‘i
Niyozov Odil Abdruaxmonovich– Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Qurilish va ta'mirlash bo‘limi bosh muhandisi. Alimov Shuxrat
Gulyamjanovich – Ekspluatatsiya va
ta'mirlash boshqarmasi texnik-mexanigi. Salieva Muxtasarxon Begijonovna – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Qurilish va ta'mirlash bo‘limi muhandisi. Maxmudova Surayyo Abdumannopovna – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 1-bino komendanti. Anvarova Nargiza Abduraximovna – Ekspluatatsiya va ta'mirlash boshqarmasi Binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 2-bino komendanti. Muratova
Sevara Baxtiyarovna – Ekspluatatsiya
va ta'mirlash boshqarmasi Binolarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 3-bino komendanti Bizning manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU
1-o‘quv binosi, 105-xona. Murojaat uchun telefon: 71 233-66-36, ichki (1010, 1039).
Elektron pochta: www.i.bozarov@tsul.uz |