Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 164-um-son buyrug‘i bilan Uzluksiz ta՚lim boshqarmasi tugatilib, uning negizida tarkibida Tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘limi va Uzluksiz ta՚lim bo‘limlaridan iborat Uzluksiz ta՚lim va tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi etib qayta tashkil etilgan.

Boshqarmaning vazifa va funksiyalari

·         akademik litseylar oʻquv jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirish, innovatsion rivojlantirish va takomillashtirish hamda pedagog xodimlarning pedagogik mahoratini oshirishda TDYUning oʻquv, ilmiy salohiyatidan, moddiy-texnika bazasi, taʼlim va axborot-resurslaridan samarali foydalanishda koʻmaklashish;

·         akademik litseylar oʻquvchilarining bilim darajasini va salohiyatini yuksaltirish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularni maqsadli taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha faoliyatni tashkil etishga koʻmaklashish;

·         yuridik texnikumlarda yuridik kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, yuridik texnikumlar oʻquvchilari bilim olishi, huquqiy ongi va madaniyati darajasini oshirishga TDYU professor-o‘qituvchilarini jalb qilish, taʼlim sifatini baholash, uni tahlil qilishning doimiy monitoringini olib borish hamda yuridik texnikumlarga amaliy va axborot-resurs jihatidan koʻmaklashish;

·         nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʻllash faoliyati bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv jarayonini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

·         otaliqqa olingan maktablarda turli tadbirlar va mahorat darslari tashkil etilishini ta’minlash;

·         TDYUda tashkil etiladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish va tashkil etilishiga ko‘maklashish;

·         TDYU kafedralari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari akademik litseylar, yuridik texnikumlar bilan oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

Boshqarma quyidagi tarkibiy bo‘linmalardan iborat:

1) Uzluksiz ta'lim bo‘limi;

2) Tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘limi;

Bizning xodimlarimiz:

1. Avezov Dilshod Sadulayevich – boshqarma boshlig‘i

2.  Xikmatov Farrux Ilxom o'g'li – boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari – Tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i;

3. Mamadiyev Abror Abdurahmon o‘g‘li – Uzluksiz ta'lim  bo‘limi bosh mutaxassisi;

4. Baxromova Nilufar Xoshimovna – Tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘limi uslubchisi;


Bizning manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi. Murojaat uchun telefon: (71) 233-66-36, (1037, 1148)