O‘quv-uslubiy boshqarma
Bizning maqsadimiz:
O‘quv-uslubiy boshqarma — Toshkent davlat yuridik universitetidagi talabalar tomonidan malakali yuridik ta’lim olishiga hamda universitetning milliy va xalqaro reytinglarda yuqorilishiga hissa qo‘shadigan tarkibiy bo‘limlardan hisoblanadi.
Biz universitetda o‘quv jarayonini tashkil etishni amalga oshiramiz, fakultet dekanatlari va kafedralarning o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtiramiz va ko‘mak beramiz va mazkur faoliyatimiz orqali universitetimizda ta’lim sifatini yanada oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz.
Bizning loyihalarimiz:
Har o‘quv yilining semestri yakunida talabalarning eng yaxshi natijalarini e’lon qilib borish va ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish maqsadida talabalarning semestr bo‘yicha yuqori reyting o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kurslar va fakultetlar kesimida umumlashtirilib, mazkur ma’lumotlar asosida TOP 30, 50, 100 talik ro‘yxatlar e'lon qilib boriladi.
Har o‘quv yilining boshida doimiy ravishda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari jumladan, baholash va kredit tizimi, ta’lim platformalaridan foydalanish haqida mahorat darslari va seminar treninglar o‘tkaziladi.
Bizning xodimlarimiz:
Bozarov Sardor Soxibjonovich – o‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i
Rajabov Dilshod Salimovich – o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari-bo‘limi boshlig‘i
Rajabboyev Sohib Ro‘ziqulovich – o‘quv-uslubiy boshqarma bo‘limi boshlig‘i
Meliboyev Quvondiq Lapasovich – o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
Abdurahmonxo‘jayev Sardorxo‘ja Baxodirovich – o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
Tohirov Zufar Muzaffar o‘g‘li – o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
Qahramonov Xurshid Ixtiyor o‘g‘li – o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
Sherov Quvondiq Polvonnazarovich – o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
Ametov Amantay Muratovich – o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi
Bizning manzil:
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 201-xona
Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1025, 1026, 1027 (ichki)
Elektron pochta: info@tsul.uz