Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

2022/2023-oʻquv yili uchun qoʻshma taʼlim dasturlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha
MAʼLUMOT

Ikki diplomli dastur nima

Qo‘shma ta’lim (ikki diplomli) dasturi — O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi barcha xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta’lim dasturi.

Qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim olish afzalliklar:

– TDYU va xorijiy hamkor OTMlardan birida bir vaqtning oʻzida ta’lim olish;

– Oʻzbekiston va chet elda nostrifikatsiyasiz ishlash huquqini beruvchi ikkita diplom;

– oʻqishga kirish va xalqaro darajada ta’lim olish uchun yana bir imkoniyat.

Bu muhim: TDYUning ikki diplomli dasturlari haqida axborotni tezkor tarzda olish uchun maxsus Telegram kanalimizga obuna bo’ling: https://t.me/DDprograms.


TDYU qaysi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki diplomli dasturlarni amalga oshirmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti xorijiy OTMlar bilan quyidagi ikki diplomli bakalavriat dasturlariga talabalarni oʻqishga qabul qiladi:

1. V.Yakovlev nomidagi Ural davlat yuridik universiteti (Rossiya, Yekaterinburg sh.) bilan:

– 4-yillik kunduzgi bakalavriat – 50 ta oʻrin;

– 3-yillik kunduzgi bakalavriat – 35 ta oʻrin;

2. N.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (Rossiya, Nijniy Novgorod sh.) bilan:

– 4-yillik kunduzgi bakalavriat – 25 ta oʻrin;

– 3-yillik kunduzgi bakalavriat – 25 ta oʻrin;

3. Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus, Grodno sh.) bilan:

– 4-yillik kunduzgi bakalavriat – 50 ta oʻrin;

– 3-yillik kunduzgi bakalavriat – 50 ta oʻrin;

– 5-yillik sirtqi bakalavriat – 25 ta oʻrin;

4. M.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozogʻiston, Nur-Sulton sh.) bilan 4-yillik kunduzgi bakalavriat – 50 ta oʻrin.

Barcha ikki diplomli dasturlar boʻyicha taʻlim tili – rus tili.

3-yillik bakalavriatga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning 2020/2021 va 2021/2022-oʻquv yillari bitiruvchilari qabul qilinadi.


V.Yakovlev nomidagi Ural davlat yuridik universiteti bilan qoʻshma taʻlim dasturiga oʻqishga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi

UrDYU bilan dasturga kirish uchun abituriyent avval TDYU saytida keyin esa UrDYU saytida 18.08.2022yil soat 18:00ga qadar roʻyxatdan oʻtishi shart.

Bu muhim! Faqat bitta saytda roʻyxatdan oʻtilganida hujjatlar qabul qilinmagan deb hisoblanadi.

Yuklanadigan hujjatlar:

1. Pasport yoki ID-karta;

2. Ta’lim toʻgʻrisida hujjat:
а) 11-sinf attestati;
yoki
b) litsey, kollej, texnikum diplomi ilovasi bilan;

3. Fotosurat (3×4).


TDYU saytida roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi. Texnik yordam: +998770213512, +998770213612 (tel. va Telegram).

UrDYU saytida roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi. Texnik yordam:

Tel.:+73433744012;
WhatsApp: +79226016982;
Telegram: +79827222918.

Bu muhim! Rus tilini kamida B1 darajasida bilishi haqida sertifikatga ega abituriyentlar 2-bosqich testidan ozod qilinib, ushbu bosqich uchun maksimal ball oladi. Shuning uchun abituriyent TDYU saytida roʻyxatdan oʻtganida sertifikatni yuklashi shart.

Boshqa tillar boʻyicha sertifikatlar 2-bosqich testidan ozod qilmaydi.


N.Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti bilan qoʻshma taʻlim dasturiga oʻqishga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi

NNDU bilan dasturga kirish uchun abituriyent avval TDYU saytida keyin esa NNDU saytida 21.08.2022yil soat 24:00ga qadar roʻyxatdan oʻtishi shart.

Bu muhim! Faqat bitta saytda roʻyxatdan oʻtilganida hujjatlar qabul qilinmagan deb hisoblanadi.

Yuklanadigan hujjatlar:
1. Pasport yoki ID-karta;

2. Ta’lim toʻgʻrisida hujjat:
а) 11-sinf attestati;
yoki
b) litsey, kollej, texnikum diplomi ilovasi bilan;

3. Fotosurat (3×4).


TDYU saytida roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi. Texnik yordam: +998770213512, +998770213612 (tel. va Telegram).

NNDU saytida roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi. Texnik yordam: +79056650407 (tel. va Telegram).

Bu muhim! Rus tilini kamida B1 darajasida bilishi haqida sertifikatga ega abituriyentlar 2-bosqich testidan ozod qilinib, ushbu bosqich uchun maksimal ball oladi. Shuning uchun abituriyent TDYU saytida roʻyxatdan oʻtganida sertifikatni yuklashi shart.

Boshqa tillar boʻyicha sertifikatlar 2-bosqich testidan ozod qilmaydi.


Y. Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan qoʻshma taʻlim dasturiga oʻqishga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi

GrDU bilan dasturga kirish uchun abituriyent TDYU saytida 30.08.2022-yil soat 24:00ga qadar roʻyxatdan oʻtishi shart.

Yuklanadigan hujjatlar:
1. Pasport yoki ID-karta;

2. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;

3. Ta’lim to‘g‘risida hujjat:
а) 11-sinf attestati;
yoki
b) litsey, kollej, texnikum diplomi ilovasi bilan;

4. Fotosurat (3×4).

TDYU saytida roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi. Texnik yordam: +998770213512, +998770213612 (tel. va Telegram).

Bu muhim! Rus tilini kamida B1 darajasida bilishi haqida sertifikatga ega abituriyentlar 2-bosqich testidan ozod qilinib, ushbu bosqich uchun maksimal ball oladi. Shuning uchun abituriyent TDYU saytida roʻyxatdan oʻtganida sertifikatni yuklashi shart.

Boshqa tillar boʻyicha sertifikatlar 2-bosqich testidan ozod qilmaydi.

 

M.S.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti bilan qoʻshma taʻlim dasturiga oʻqishga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi

KAZGYU bilan dasturga kirish uchun abituriyent TDYU saytida 30.08.2022-yil soat 24:00ga qadar roʻyxatdan oʻtishi shart.

Yuklanadigan hujjatlar:

1. Pasport yoki ID-karta;

2. Ta’lim to‘g‘risida hujjat:
а) 11-sinf attestati;
yoki
b) litsey, kollej, texnikum diplomi ilovasi bilan;

3. Fotosurat (3×4).

TDYU saytida roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi (https://teletype.in/@tdyu/L0t_KPL0JMz). Texnik yordam: +998770213512, +998770213612 (tel. va Telegram).

Bu muhim! Rus tilini kamida B1 darajasida bilishi haqida sertifikatga ega abituriyentlar 2-bosqich testidan ozod qilinib, ushbu bosqich uchun maksimal ball oladi. Shuning uchun abituriyent TDYU saytida roʻyxatdan oʻtganida sertifikatni yuklashi shart.

Boshqa tillar boʻyicha sertifikatlar 2-bosqich testidan ozod qilmaydi.

 

Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdori qanday

Ikki diplomli dasturlar boʻyicha taʻlim olish faqat toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Toʻlov-kontrakt miqdori xorijiy hamkor universitetlardagi oʻqish narxidan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilangan:

1. V.Yakovlev nomidagi Ural davlat yuridik universiteti (Rossiya, Yekaterinburg sh.) bilan dastur boʻyicha – taxminan 3 400 AQSh dollari (ekvivalentda);
2. N.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod Milliy tadqiqot davlat universiteti (Rossiya, Nijniy Novgorod sh.) bilan dastur boʻyicha – taxminan 3 200 AQSh dollari (ekvivalentda);
3. Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus, Grodno sh.) bilan dastur boʻyicha – taxminan 2 800 AQSh dollari (ekvivalentda);
4. M.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozogʻiston, Nur-Sulton sh.) bilan bilan dastur boʻyicha – taxminan 3 000 AQSh dollari (ekvivalentda).

Toʻlov semestr va chorak boʻyicha amalga oshirilishi ham mumkin.


Qoʻshma taʼlim dasturlariga kirish sinovlari qanday oʻtadi

Kirish imtihonlari 2 bosqichda oʻtkaziladi.

1-bosqichda:
KAZGYU va GrDU dasturlari boʻyicha – mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun suhbat oʻtkaziladi;
UrDU va NNDU dasturi boʻyicha – “Rus tili” va “Jamiyatshunoslik” fanlaridan test oʻtkaziladi.

2-bosqichda barcha dasturlar boʻyicha DTM rus tili boʻyicha test oʻtkazadi.

Dasturdan qatʻi nazar:

1-bosqich imtihonlarida maksimal ballning kamida 30%ini toʻplagan abituriyentlar 2-bosqich testiga qoʻyiladilar;
2-bosqich testida maksimal ballning kamida 40%ini olgan abituriyentlar dasturga oʻqishga kirish uchun tanlovda qatnashadilar va kirish parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinadilar;

rus tilini kamida B1 darajasida bilishi haqida milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar 2-bosqich testidan ozod qilinib, ularga ushbu bosqich uchun maksimal ball beriladi.

Imtihonlar oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qo’shimcha eʻlon beriladi.