Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Bosh sahifa Prorektorlar     Xodjayev Baxshillo Kamolovich
network error!

Xodjayev Baxshillo Kamolovich

: (+998 71) 233-37-48

:(+998 71) 233-37-48

:

Xodjayev Baxshillo Kamolovich – 1982-yili 25-iyunda 
Buxoro viloyatida tugʻilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, yuridik fanlar doktori, professor, 2-darajali adliya maslahatchisi.
2004-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat bosqichini, 2006-yilda magistratura mutaxassisligini tamomlagan.


2004-2005-yillarda “Mezon xususiy xizmati” advokatlik firmasi advokat yordamchisi, 2006-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik institutining “Xoʻjalik huquqi va xoʻjalik protsessual xuquqi” kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, 2-Huquq fakulteti dekani oʻrinbosari, 2013-2014-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining Biznes huquqi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan. 2014-2018-yillarda Yaponiyaning Nagoya universitetida Qiyosiy huquqshunoslik yoʻnalishida doktoranturada tahsil olgan.

 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining bosh maslahatchisi, boʻlimi boshligʻi, direktor oʻrinbosari, 2019-2020-yillarda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2020-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining Biznes huquqi kafedrasi mudiri, 2020-2022-yillarda Xususiy huquq fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 12-maydagi 408-sht-son buyrugʻiga muvofiq B.Xodjayev Toshkent davlat yuridik universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlangan.


O'xshash sahifalar
Ijtimoiy tarmoqlar