Yakubov Axtam Nusratilloyevich
2025-yil 14-fevraldan Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro munosabatlar va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori.
A.Yakubov 1985-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007-yilda Samarqand davlat universitetining bakalavriat,
2011-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tugatgan.
Yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent. 3-darajali adliya maslahatchisi, amaliyotchi huquqshunos, arbitr, mediator.
O‘z mehnat faoliyatini 2008—2022-yillar davomida advokatura, yuridik xizmat sohalari bilan birgalikda Toshkent davlat yuridk universitetida o‘qituvchilikdan boshlab, katta o‘qituvchi, Universitet kengashi kotibi, Yuridik kardlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi direktori kabi turli mas’ul lavozimlarida ishlab, 2022—2025-yillarda Qarshi xalqaro universiteti rektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.
A.Yakubov xalqaro xususiy huquq, xalqaro tijorat huquqi, nizolarni muqobil hal qilish — mediatsiya va xalqaro tijorat arbitraji sohasida mamlakatimizdagi yetakchi olimlardan biri sanaladi. Mazkur sohalar bo‘yicha AQSH, Yaponiya, Singapur, Avstriya va boshqa dunyoning ilg‘or universitet va markazlarida tajriba almashib, tahsil olgan. Kasbiy va ilmiy faoliyati davomida 100 ga yaqin ilmiy va o‘quv adabiyotlari, darslik, monografiya, maqola va tezislari mahalliy va nufuzli xorijiy jurnallarda nashr qilingan.
Sohaning yetuk mutaxassisi sifatida yurtimizdagi huquq ijodkorligi, yuridik ta’lim sohasidagi islohotlarda tashabbuskorligi hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatni oshirish jarayonlariga o‘zining zamonaviy yondashuvlari bilan faol ishtirok etib keladi.
U kreativ, tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan, zamonaviy keng dunyoqarashi, tashabbuskorligi hamda jamoani o‘z otridan ergashtira olishida ifodalangan liderlik qobiliyatlari bilan jamoadoshlari orasida alohida hurmat qozongan.
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” va ”O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
2025-yilning 14-fevral kunidan Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro munosabatlar va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.