University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Fuqarolik huquqi: II qism” darsligi chop etildi

Mazkur darslik “Fuqarolik huquqi” darsligi I qismining uzviy davomi hisoblanadi.

Yangi darslik bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy muomalani ta’minlashning eng muhim vositasi bo‘lgan shartnomalar va ularning huquqiy mohiyatini, shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda delikt (zarar yetkazishdan kelib chiqadigan) majburiyatlarning o‘rni va ahamiyatini, kishining aqliy-ijodiy faoliyati hamda uni huquqiy himoya qilish usullarini, shaxs vafoti (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi)dan keyingi huquq va majburiyatlarining yuridik taqdirini belgilovchi vorislik huquqi masalalarini o‘zida ifodalaydi hamda jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi.

“Fuqarolik huquqi: II qism” darsligi bilan universitetning Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.

Shuningdek, mazkur darslikni universitetga murojaat qilish orqali sotib olish ham mumkin.