Karyera markazi talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishi, mehnat bozoriga moslashuvi hamda kelgusidagi faoliyatini samarali rejalashtirishiga ko‘maklashadi. Markaz ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, kasbiy maslahatlar berish hamda talabalarni professional faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan.