Psixologik xizmat talabalarning ruhiy va hissiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash, universitet muhitiga moslashuvini yengillashtirish hamda ta’lim jarayonida yuzaga keladigan psixologik qiyinchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Xizmat doirasida stressni boshqarish, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.