--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Kamalova Dildora G‘ayratovna
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: jinoiyodilsudlov@tsul.uz
Qabul kunlari: Seshanba/Payshanba

Talim dasturi

TA’LIM DASTURI PROFILI

(5240104 – Yurisprudensiya: Jinoiy-huquqiy faoliyat)

 Umumiy ma’lumotlar: 

OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047 

Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun. 

Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limga ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi. 

Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan. 

Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-37 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiya o‘tkaziladi. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yili 38-42 haftalarda bitiruv malakaviy ishini himoya qilish bilan yakunlanadi.

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish PDF

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish word

Kafedralar


Jinoiy odil sudlov fakulteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti

Shior:
Bizning yo‘limiz — adolat, maqsadimiz — qonun ustuvorligi!

Maqsad va vazifalar

  • Yuridik ta’lim jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, amaliy o‘qitish, klinik va dual ta’lim shakllarini joriy etish;
  • yuridik ta’lim tizimida ta’lim, tadqiqot va amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda boshqaruvda akademik-kollegial yondashuvlarni kengaytirish;
  • yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;
  • ta’lim dasturlarining nazariy qismlarini amaliy misollar asosida o‘qitish (problem-based learning) orqali talabalarda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish kabi yumshoq ko‘nikmalarni (soft skills) hamda mustahkam nazariy bilimlarni shakllantirish;
  • ta’lim dasturlarining amaliy qismini sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting tashkilotlari va sohaga oid boshqa muassasalarda, shuningdek, yuridik klinikada klinik seminarlar o‘tkazish orqali tashkil etishga ko‘maklashish;
  • ta’lim dasturlarini amaliyot ehtiyojlaridan kelib chiqib muntazam takomillashtirib borish;
  • 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizini nazariy mashg‘ulotlar shaklida auditoriyalarda, qolgan 50 foizini esa amaliy mashg‘ulotlar shaklida sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashish;
  • o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida, ta’limning zamonaviy shakl va metodlari, innovatsion pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish, mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash;
  • fakultetning ilmiy salohiyatini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish, ilmiy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish hamda ta’lim va fan integratsiyasini ta’minlash;
  • talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ularda jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyat hissini shakllantirish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat, halollik va qonun ustuvorligi tamoyillarini singdirish;
  • xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yetakchi xorijiy mutaxassislarni o‘quv va ilmiy tadbirlarga jalb etish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • fakultet tarkibidagi sho‘balar faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim sifatini tahlil qilish va oshirish, shuningdek, boshqa tashkiliy-uslubiy tadbirlarni samarali tashkil etish.

Fakultet tarkibidagi sho‘balar

  1. Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish sho‘basi
  2. Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi
  3. Kriminalistika va sud ekspertizasi sho‘basi
  4. Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sho‘basi

 

       

Qabul bo'yicha murojaat boti