--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Umarxanova Dildora Sharipxanovna
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: xalqarohuquq@tsul.uz
Qabul kunlari: Dushanba/Juma

Talim dasturi

TA’LIM DASTURI PROFILI

(5240100 – Yurisprudensiya: Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik)

Umumiy ma’lumotlar: 

OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047. 

Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun. 

Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limi uchun alohida xaftalar ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi. 

Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan. 

Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-42 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiyasi (talabalar tanlovi asosida kompleks davlat imtihoni yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish) o‘tkaziladi.

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish PDF

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish word

Kafedralar


Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti

Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti

Fakultet shiori:

«Biz talaba va sifatli ta’lim yo‘lida xizmat qilamiz».

Fakultetning maqsadi

Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining asosiy maqsadi — zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan, amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil va tahliliy fikrlay oladigan, qonun ustuvorligi tamoyiliga sodiq yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Shuningdek, fakultet ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyat integratsiyasini ta’minlash hamda jamiyat va davlat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Fakultetning asosiy vazifalari

·         Amaliyotga yo‘naltirilgan, klinik va dual ta’limni joriy etish orqali yuridik ta’limning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash.

·         «Ta’lim — fan — amaliyot» integratsiyasini rivojlantirish, ta’lim jarayonini boshqarishda akademik va kollegial yondashuvlarni kengaytirish.

·         Yuridik ta’lim samaradorligi va sifatini nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirish.

·         Muammoli ta’lim (problem-based learning) va amaliy vaziyatlarni tahlil qilish orqali talabalarda moslashuvchan ko‘nikmalar (soft skills), tahliliy fikrlash va asoslangan xulosalar chiqarish qobiliyatini shakllantirish.

·         Talabalarning amaliy tayyorgarligini sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatlik tuzilmalari, konsalting tashkilotlari va boshqa ixtisoslashgan muassasalarda, shuningdek, klinik seminarlar doirasida tashkil etish.

·         Ta’lim dasturlarini yuridik amaliyot va mehnat bozorining dolzarb talablaridan kelib chiqib muntazam takomillashtirib borish.

·         2026/2027-o‘quv yilidan boshlab nazariy mashg‘ulotlarning 50 foizini auditoriyalarda, amaliy tayyorgarlikning 50 foizini esa tegishli tashkilotlarda tashkil etishni nazarda tutuvchi ta’lim modelini joriy etish.

·         Mehnat bozori ehtiyojlarini inobatga olgan holda kredit-modul tizimi, zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish.

·         Fakultetning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ilmiy va innovatsion loyihalarni muvofiqlashtirish.

·         Talabalarda axloqiy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, ularni millatlararo totuvlik, adolat, halollik va qonun ustuvorligi tamoyillariga hurmat ruhida tarbiyalash.

·         Xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy mutaxassislarni ta’lim va ilmiy jarayonlarga jalb etish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish.

·         Fakultet tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim sifatini tahlil qilish va oshirish, shuningdek, tashkiliy-uslubiy tadbirlarni amalga oshirish.

Ta’lim dasturlari va fanlar

·         Yuristlar uchun xorijiy til (Legal English).

·         Xalqaro ommaviy huquq.

·         Xalqaro xususiy huquq.

·         Xalqaro tijorat arbitraji.

·         Qiyosiy huquqshunoslik (Comparative Law).

·         Inson huquqlari.

·         Diplomatik va konsullik huquqi.

·         Xalqaro shartnomalar huquqi.

·         Xalqaro tashkilotlar huquqi.

·         Xalqaro jinoyat huquqi.

·         Jahon savdo tashkiloti (JST) huquqi.

·         Xalqaro tijorat huquqi.

·         Xalqaro investitsiya huquqi.

·         Ingliz shartnoma huquqi.

·         Ingliz huquqi asoslari.

Fakultet tarkibidagi sho‘balar

Fakultet tarkibiga quyidagi sho‘balar kiradi:

1.      Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi.

2.      Ingliz huquqi va Yevropa Ittifoqi huquqi sho‘basi.

3.      Xalqaro xususiy huquq sho‘basi.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti