Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Shimoli-g‘arbiy siyosatshunoslik va huquq universiteti 2-3-kurs talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Dasturda ishtirok etishni istaganlardan kamida 18 yoshda bo‘lishi va o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 70% dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 5-dekabrga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etishi lozim:
1. Akademik transkript nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. Til bilish sertifikati:
•  ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlar uchun:
— bakalavriat dasturlari uchun IELTS 6.0 yoki TOEFL 85;
•  xitoy tilida o‘qitiladigan dasturlar uchun:
— bakalavriat dasturlari uchun HSK 4 darajasi;
4. Boshqa sertifikatlar;
5. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining bahorgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lanmagan holda o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.