Jamoa a’zoligiga saralash bosqichi Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi tomonidan o‘tkaziladi.
Xalqaro tanlovning og‘zaki raundlari 2027-yilning may oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.
“Inter-American Human Rights Moot Court Competition — 2027” xalqaro tanlovida ishtirok etuvchi jamoa a’zosi bo‘lishni istaganlardan Toshkent davlat yuridik universiteti 2–4-bosqich talabasi yoki magistranti bo‘lish, ingliz tilida erkin yozish va so‘zlashish, Xalqaro inson huquqlari modulidan xabardor bo‘lish talab etiladi.
Xalqaro tanlovda ishtirok etuvchi TDYU jamoasi a’zosi bo‘lishni istaganlar 23-oktabr 23:59 ga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/yUnES6mJGKaKifqb6
Jamoaga saralash bosqichi og‘zaki savol-javob shaklida o‘tkaziladi.
Batafsil ma’lumot uchun jamoa rahbari, TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari sho‘basi o‘qituvchisi Asilbek Mo‘minov (@asilbek_khusniddinovich)ga murojaat qiling.
Load More Post...