Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina o‘tkaziladi

Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga keng jalb etish, ularning oliy ta’limga qiziqishi va huquqiy savodxonligini yanada oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va qat’iy hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, shuningdek, talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilayotgan viktorina 14-iyun 14:00 da Toshkent davlat yuridik universitetining katta majlislar zalida boshlanadi.

Ikki bosqichda o‘tkaziladigan viktorinada har bir jamoa (jamoa besh nafar qizdan iborat bo‘lishi kerak) “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha berilgan savollarga javob berishi va topshiriqlarni bajarishi kerak.

Hodisalar

Barcha e'lonlar