University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYUda “Islom investitsiya mahsulotlari: xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ommaviy huquq” fakulteti, “Davlat boshqaruvi” kafedrasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda mahalliy va xalqaro doirada ilmiy faoliyat olib borayotgan islom moliyasi mutaxassislari hamda bu sohada endi ilmiy faoliyat boshlagan tadqiqotchilar o‘zbek va ingliz tilidagi ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekistonda “Islom moliyasi” loyihasi asoschilaridan biri va Islamic Business and Finance (IsBF)kompaniyasi hammuassisi va direktori, Islom iqtisodiyoti bo‘yicha fan doktori (PhD), bank va moliya sohasida 30 yillik tajribaga ega mutaxassis Jahongir Imamnazarov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Muhammad Eid Balbaa (Misr), Regensburg  universitetida tadqiqotchisi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mahsuda Tadjibayeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Sirojiddin Abrorov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi doktaranti Laziz Saydirasulov hamda boshqa milliy va xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida islom moliyasining salohiyati va imkoniyatlari hamda ushbu maqsadlarga mintaqada moliyaviy inklyuzivlikni oshirish orqali erishishning mumkin bo‘lgan yo‘llari haqida soʻz yuritildi.

Yakunda ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Konferensiya materiallari to‘plam shaklida nashr etildi.