--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Mehnatni muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi bo‘limi
Bo`lim haqida

Fuqarolar muhofazasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi

Bizning shiorimiz: “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish”.

Maqsad

Fuqarolar muhofazasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi universitet faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan birini amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlar va talabalar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni muntazam tashkil etadi, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, yong‘in va texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlar va talabalarning to‘g‘ri harakat qilishga tayyorligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Vazifalar

Bo‘lim faoliyati favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq xavf va tahdidlarning oldini olish, inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishni tashkil etishga qaratilgan.

Bo‘lim faoliyati uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:

·         favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasini ta’minlash;

·         mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;

·         yong‘in va texnik xavfsizlikni ta’minlash.

Loyihalar va tadbirlar

Bo‘lim xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarni muntazam takomillashtirish ustida ish olib boradi.

Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi hamkasblar, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari bilan tajriba almashadi hamda Rossiya, Belarus va Yaponiya mutaxassislari bilan hamkorlikda bilim va tajriba almashishga intiladi.

Bo‘lim tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda tadbirlar amalga oshiriladi:

·         ish joylarida baxtsiz hodisalar va jarohatlanishlarning oldini olish, xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish borasidagi mas’uliyatini oshirish;

·         favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, xodimlar hamda talabalarni bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash;

·         avtomatlashtirilgan xabar berish tizimlari orqali ogohlantirishni tashkil etish, boshqaruv organlari, obyektlardagi kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini ta’minlash.

Tadbirlarni tashkil etishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, shahar va respublika miqyosidagi tibbiyot muassasalarining tajribali mutaxassislari jalb etiladi.

Bundan tashqari, talabalar favqulodda vaziyatlarda harakat qilish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishlari uchun ko‘rgazmali va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti