--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Kadrlar bo‘limi
Bo`lim haqida

Kadrlar bo‘limi

Shior

Adolatli tanlov — kuchli jamoa!

Maqsad

Universitetda ta’lim sifatini va institutsional rivojlanishni ta’minlash maqsadida yuksak kasbiy-pedagogik mahorat, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega, halol, vijdonli hamda malakali kadrlarni jalb etish, tanlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va inson resurslarini samarali boshqarish. Shuningdek, xodimlar bilan bog‘liq mehnat munosabatlarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tartibga solish hamda universitetning inson resurslarini tizimli rivojlantirish.

Vazifalar

·         Universitetning professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari tarkibiga yuksak kasbiy-pedagogik mahorat, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega, ijodiy fikrlaydigan, halol, vijdonli va malakali mutaxassislarni keng jalb etish;

·         rekrutment va xedxanting usullari orqali malakali mutaxassislarni izlash, jalb etish va tanlash, professor-o‘qituvchilar hamda boshqaruv xodimlarining har bir lavozimi bo‘yicha kadrlar zaxirasini shakllantirish, zaxiraga kiritilgan nomzodlarning bo‘lajak lavozimiga oid nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;

·         xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishga oid hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash va yuritish;

·         universitet xodimlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;

·         xodimlar bilan bog‘liq mehnat munosabatlarida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mehnatga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti